Toshkent shahridan tarixiy ko‘za topildi
Toshkent shahar prokuraturasi va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi madaniy meros ob’ektlarini monitoring qilish jarayonida tarixiy ko‘za topildi.
Mazkur yodgorlik Toshkent viloyatidan (Qibray tumanining bir qismi) Toshkent shaxriga (Yashnobod tumaniga) o‘tish qismida joylashgan “To‘qay tepa” orxeologik yodgorligidan topilgan.
Ko‘za o‘lchamlari – balandligi 80, diametri 188 santimetr. E’tiborli tomoni, ko‘za yaxshi holatda saqlanib qolingan. Topilma belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga topshirilgan.
Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan ushbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.
O‘zA