“Toshkent bahori” reyting turniri nihoyasiga yetdi
FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 26 aprelidan 2 maygacha poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tgan an’anaviy “Toshkent bahori” shaxmat turnirida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
200 nafardan oshiq shaxmat ixlosmandlari ishtirok etgan reyting turniri 9 tur davom etdi. Shaxmatchilar reyting ko‘rsatkichlariga qarab, ikki – “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda bellashuvlarda o‘z mahoratini namoyon etdi.
[gallery-11714]
“A” guruhida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘argan Sa’dullo Azizov turnir g‘olibi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarga 7 ochkoga ega bo‘lgan Marsel Shoyusupov hamda Zilola Aktamova erishdi.
“B” guruhida esa Husnoraxon Husnitdinova 9 imkoniyatdan 8 ochko olgan holda peshqadam bo‘ldi. 2-o‘ringa tojikistonlik shaxmatchi Umarjon Oxunov ega chiqdi. Umarjon turnir davomida 7,5 ochko to‘plashga erishdi. Saidakrom Saidazimov 7 ochko bilan 3-o‘rinni oldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal, diplom va pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA