To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat boshqaruvi organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib etish borasidagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining qutlug‘ 90 yilligi munosabati bilan «Mehr va muruvvat» jamoat fondi raisi To‘rayev Aziz Oppoqovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev