To‘raqo‘rg‘on tumanida uch egizak tug‘ildi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepa mahallasida yashovchi Akmaljon Xudoyberdiyev hamda Maftuna Qurbonovalar oilasida bugun, 3 yanvar kuni bir yo‘la uch farzand dunyoga keldi. Ularning hammasi qizaloq.
Ona va egizaklar sog‘lom, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, yangi yilning birinchi sutkasida 2155 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
O‘zA