Toqayev: Qozog‘iston Kaspiy orqali Osiyo va Yevropani bog‘laydi
"AzerTAJ" xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi doirasida mamlakat Kaspiy dengizi orqali Osiyo va Yevropa o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Davlat rahbari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan "Outreach"/"BRIKS plyus" formatidagi yalpi majlisda so‘zlagan nutqida ushbu muhim transport yo‘nalishining "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi va "Shimol – Janub" xalqaro transport yo‘lagi bilan uyg‘unlashuvi yanada integratsiyalashgan va barqaror Yevrosiyo transport tarmog‘ini shakllantirishiga urg‘u berdi.
Qozog‘iston rahbari mamlakati temir yo‘l tarmog‘i, port va raqamli infratuzilmani rivojlantirish orqali transchegaraviy tashuvni tezlashtirish va yanada qulay qilishga intilayotganini ta’kidladi.
O‘tgan yil Qozog‘iston orqali tashilgan tranzit yuk 40 million tonnaga yaqinlashdi. Mamlakatning uzoq muddatli maqsadi ushbu ko‘rsatkichni yiliga 100 million tonnaga yetkazishdir.
Qosim-Jomart Toqayev fikricha, Qozog‘iston tranzit tarmog‘i allaqachon Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi quruqlik yuki tashuvining 85 foizini ta’minlamoqda.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA