Toni Kroos "Oltin to‘p" kimga berilishi kerakligini aytdi
Kroos bu boradagi fikrlarini germaniyalik bloger Florian Malburgning Instagram’dagi postiga yozgan izohida bayon qildi.
"Real" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos 2026-yilgi "Oltin to‘p" kimga berilishi kerakligi haqidagi fikrini bildirdi. Uning fikricha, sovrinni "PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga berish kerak.
Kroos bu boradagi fikrlarini germaniyalik bloger Florian Malburgning Instagram’dagi postiga yozgan izohida bayon qildi.
"Agar mendan so‘rasangiz — Kvara. Men uchun tanlov juda aniq.
Jahon chempionatining to‘rt eng yaxshi futbolchisi — Rodri, Messi, Jud Bellingem va Kilian Mbappe — klub miqyosida u qadar yorqin mavsum o‘tkazmadi yoki kuchsizroq ligada to‘p tepmoqda. Kvara esa o‘tgan mavsum dunyoning eng kuchli klubidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi va hozir ham shunday", — deya yozdi Kroos.
Shu tariqa, germaniyalik sobiq futbolchi Kvaratsxeliyaning klub miqyosidagi barqaror va yuqori saviyadagi o‘yinlarini "Oltin to‘p" uchun asosiy dalil sifatida ko‘rsatgan.
2026-yilgi "Oltin to‘p" sohibini taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.