Tomorqa to‘kin, farovon turmush manbai (+video)
Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi tomorqalarda erta bahorda pishib yetilgan servitamin karam, daykon, piyoz, ko‘kat, kartoshka, sarimsoqpiyoz va boshqa mahsulotlar ko‘zni quvontiradi. Ilik uzildi davridan mamlakatimiz va xorij bozorlariga to‘kinlik, o‘zgacha fayz ulashadi.
Dehqonchilikda tumanning, har bir mahalla va oilaning sinovdan o‘tgan o‘z usullari bor. Jumladan, Zartepa mahallasi aholisi ham tomorqadan unumli foydalanish va chorvachilikni rivojlantirishda boy tajribaga ega. Dehqonchilikka ilmiy yondashuv hosil salmog‘ini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Mahallada yashaydigan Sabohat Muqimova turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan besh sotix maydondagi issiqxonada olti yildan buyon limon va boshqa mahsulotlarni parvarishlab, to‘kin, farovon hayot kechirmoqda.



– Limonchilikni 12 ta ko‘chat parvarishi bilan boshlab, 75 tupga ko‘paytirdik, – deydi Sabohat Muqimova. –Hozirgi kunda “Mir” navi ekilgan. Afzalligi hosildorligi yaxshi boshqa navlarga qaraganda. Qator oralaridan ham foydalanamiz. Ko‘kat, piyoz, sarimsoqpiyoz ekamiz. Bu yil qulupnay ham ekdik. Kartoshka ekilyapti. Sug‘orishi – limon ko‘proq yomg‘irni yaxshi ko‘radi. Bargini ko‘p yuvaversangiz, nafas olishi yaxshi bo‘ladi. Yomg‘irlatib sug‘orishni yo‘lga qo‘ydik. Limonlarga kuniga ikki martadan suv purkab olamiz. Daromadimiz yaxshi. O‘tgan mavsumda bir tonna atrofida limon hosili yig‘ib oldik.



Angorliklar joriy yilning o‘tgan uch oyida xorij bozorlariga 5 million 916 ming dollarlik mahsulot eksport qildi. Bunda zartepalik sohibkorlarning ham munosib ulushi bor.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Qj6ReGbRSxY" title="Tomorqa to‘kin, farovon turmush manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri