Tomas Tuxel: “Bu bosqichda endi favoritlar yo‘q”
Norvegiya turnirdan juda kuchli jamoalardan biri — Braziliyani chiqarib yubordi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Norvegiya hujumchisi Erling Holandning “uch sherlar” JCH–2026ning yaqqol favoriti ekani haqidagi fikriga munosabat bildirdi.
"Ular ko‘pchilik kutganidan ham yaxshiroq o‘ynashmoqda. O‘ylaymanki, jamoaning o‘zi ham qanchalik kuchli ekanini va dunyoning istalgan terma jamoasiga muammo tug‘dira olishini yaxshi biladi. Ular buni amalda ham isbotladi.
Norvegiya turnirdan juda kuchli jamoalardan biri — Braziliyani chiqarib yubordi. Menimcha, shundan keyin bu musobaqada favoritlar haqida gapirishning hojati yo‘q.
Bu chorak final. Bu bosqichda hamma g‘alaba uchun maydonga tushadi. Har bir jamoa orzu qilish va chempionlik uchun kurashish huquqiga ega", — dedi Tuxel.
Eslatib o‘tamiz, Angliya va Norvegiya terma jamoalari JCH–2026 chorak finalida bugun o‘zaro bahs olib boradi.