“Tolibon” Xitoyga murojaat bilan chiqdi
“Tolibon” tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumat raisi o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar Xitoyning Kobuldagi elchisi Van Yudan Pekin Afg‘onistonni “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga jalb qilishni so‘radi. Bu haqda Baradan o‘z ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
“Tolibon hukumati raisi o‘rinbosari Xitoy diplomatik missiyasi rahbari bu mavzudagi tafsilotlarga aniqlik kiritmagan.
“Xitoy va Afg‘oniston tarixiy aloqalarga ega, Afg‘oniston Islom Amirligi bu munosabatlarni davom ettirishni istaydi”, dedi Baradar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumatining Afg‘oniston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishidan yangi afg‘on rasmiylari manfaatdor.
Van Yu Pekin yaqin orada “Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, Jahon banki yoki Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan, ammo tugallanmagan boshqa yirik loyihalar bo‘yicha amaliy ishlarni tiklash niyatini bildirdi”, deyiladi xabarda.
O‘zA