Toliblar Kobul aeroporti nomini o‘zgartirdi
“Tolibon” harakati Kobul aeroportining nomini o‘zgartirdi, endi mamlakatning bosh havo bandargohi Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay nomi bilan yuritilmaydi, deb xabar berdi RIA Novosti “Tolibon” harakatining madaniyat ishlari bo‘yicha komissiyasi manbalariga tayanib.
Manbada aytilishicha, Afg‘onistonning dala qo‘mondoni Axmad Shoh Masud (1953-2001) nomi bilan ataladigan maydon ham qayta nomlangan. Ayni paytda Axmad Shoh Masudning o‘g‘li Axmad Masud Panjsher viloyatida toliblarga qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlarga rahbarlik qilmoqda.