Tokio aholisi 14 millionga yetdi
Yaponiyaning “Nikkey” gazetasi poytaxt Tokioning statistik maʼlumotlariga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.
Yaponiyaning “Nikkey” gazetasi poytaxt Tokioning statistik maʼlumotlariga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.
Nashrning yozishicha, universitetlar va kompaniyalarning koʻpligi, shuningdek boshqa hududlar bilan taqqoslaganda maoshlarning yuqoriligi Tokioni yoshlar uchun jozibador shaharga aylantirmoqda. Mazkur tendensiyaga hatto koronavirus tarqalishi ham halaqit berolmadi.
Joriy yilning 1-aprelida Tokio aholisi 13,98 million kishini tashkil etgandi.
Tokio nufusi jihatidan 10 millionlik davonni 1962-yilda bosib oʻtgan edi. Undan keyin atigi toʻrt yil oʻtib shaharda 11 million kishi yashay boshladi, biroq 12 millionlik nufusga ega boʻlish uchun Tokioga 30 yil kerak boʻldi.
Gazetaning taʼkidlashicha, masofadan turib ishlash tartibi faol joriy etilayotgani va koronavirus infeksiyasi koʻp tarqalishi sababli, aynan katta shaharlarning aholisi orasida megapolislardan tashqarida yashashga qiziqish kuchaymoqda. Bu esa kelgusida shahar aholisi soniga taʼsir etishi mumkin, deb yozadi mazkur gazeta.