Tinchlik posbonlari bilan uchrashuv
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi Yoshlar markazida huquq-tartibot organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va viloyatning turli sohalarda yutuqqa erishgan yoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanish haqida fikr almashildi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Psixologik trening mashg‘ulotlari esa yosh xodimlar uchun zarur kasbiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
[gallery-23869]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA