Tilning sofligi – milliy barkamollik belgisi (+video)
Til tarixini, uning me’yoriy nuqtai nazardan shakllanish jarayonini, rivojlanishini xalq tarixidan ayri holda o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki unda millat o‘tmishi, asriy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.
O‘zbek tili benihoya boy, uning zaxirasi bir necha yuz ming yilliklar bilan o‘lchanadi. Tilimizning bu boyligidan foydalana olish esa o‘zimizga bog‘liqdir. Vaziyatga ko‘ra ish tutib, so‘z ishlata olish bizning qanchalik ma’naviyatga ega ekanligimizni ko‘rsatadi.
O‘zbek tili taraqqiyoti bugungi kunga qadar juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Biz yosh avlod tilimizning kelib chiqish tarixini o‘rganish, uning sofligini saqlagan holda kelajak avlodlarga yetkazishdagi mas’uliyatimizni unutmasligimiz lozim.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Hh-hGuAL4zA" title="Tilning sofligi – milliy barkamollik belgisi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)