Tilavova Umida Qahramonovnaning falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda informatsion etikaning o‘rni” mavzusida
Tilavova Umida Qahramonovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda informatsion etikaning o‘rni” mavzusidagi (falsafa fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 5 noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universiteti, madaniyat saroyi