Tilakov Suxrob Muxammadiyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Quyma polimeroltingugurtli asfaltobeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish usulini takomillashtirish” mavzusida
Tilakov Suxrob Muxammadiyevichning 05.09.02 - “Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha)” ixtisosligi bo‘yicha “Quyma polimeroltingugurtli asfaltobeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish usulini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.15/31.08.2022.T.73.05 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 29 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sariko‘l ko‘chasi, 1-uy (sobiq Kollej binosi), Toshkent davlat transport universiteti, 104-xona.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz