Tibetda kuchli zilzila, Tramp Maskdan Starlink cheklovlarini bekor qilishni so‘radi, Antarktidada pingvin sanash uchun xodim izlanmoqda
Bugungi «Xorij xabarlari» dasturida Xitoyning Tibet hududida yuz bergan 7 magnitudali zilzila oqibatlari, AQSH prezidenti Donald Trampning Ilon Maskdan Ukrainadagi Starlink harbiy aloqa tizimiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni so‘ragani hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ruslar va ukrainlar «bir xalq» ekani haqidagi bayonoti haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, AQSHda harbiy xizmat itlarini kloning qilish va genetik jihatdan o‘zgartirish rejasi, Tailandda mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etish kechiktirilgani hamda Antarktidada pingvinlarni sanash va kuzatish uchun oyiga 2 500 yevrogacha maosh taklif etilayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA