Tibbiyot xodimlariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
Andijon viloyatida tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda barcha tuman va shaharlar, shuningdek, viloyat tibbiy muassasalari jamoalarining ilg‘or vakillari, ustoz shifokorlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda samarali mehnat qilayotgan shifokorlarning xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov soha xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida yurtdoshlarimiz salomatligini saqlash yo‘lida samarali mehnat qilayotgan, tashabbuskor, ilg‘or va faol bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-9566]
Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov(surat)
O‘zA