“Tezkor” jamoasi – musobaqa g‘olibi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Amir Temur izdoshlari” shiori ostida viloyatdagi kuch tuzilmalari hamkorligida yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Ittifoq kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlarda harbiy qism harbiy xizmatchilari va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘zaro kuch sinashdi.
[gallery-16799]
Murosasiz hamda qizg‘in kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Namangan favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Tezkor” jamoasi birinchi, 7254 harbiy qisimning “Lochin” jamoasi ikkinchi, viloyat bojxona boshqarmasining “Burgutlar” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA