Termizdagi maktabda yong‘in yuz berdi
Bugun, 17 may kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 6-umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘ldi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilishicha, hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 10:05da yetib borib, soat 10:15 da yong‘in qurshab olingan va soat 10:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jaroxati olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA