Termizda öquvçilar harbiy-sport musobaqasida kuç sinaşdi
Termiz umumqöşin dala poligonida maktab öquvçilari örtasida “Şijoat maydoni” harbiy-sport musobaqasi ötkazildi. Unda yoşlar jismoniy tayyorgarlik, çaqqonlik, merganlik va jamoaviy hamkorlik böyiça öz mahoratlarini namoyiş etdi.
Öquvçilarning kuzgi taʼtilini mazmunli taşkil etiş, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda harbiy sohaga qiziqişini oşiriş maqsadida taşkil etilgan bellaşuvda Termiz şahridagi beşta umumtaʼlim maktabining “Vatan tayançi” harakati aʼzolaridan iborat jamoalar qatnaşdi. Har bir maktabdan ön nafardan, jami 50 nafar öquvçi iştirok etdi.
Musobaqa töqqizta şart asosida ötkazildi. Iştirokçilar sunʼiy qoyaga çiqiş, majmuaviy estafeta, kamondan öq otiş, ot miniş, “Mohir mergan” va boşqa yönalişlarda özaro kuç sinaşdi.
Bellaşuvlar davomida öquvçilar nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki tezkor qaror qabul qiliş, özaro hamjihatlikda harakatlaniş va murakkab vaziyatlarda özini tuta biliş könikmalarini ham namoyiş etdi.
Musobaqaning yakuniy marosimida Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qömondonligi, viloyat taʼlim va mudofaa işlari boşqarmalari vakillari hamda harbiy faxriylar iştirok etdi.
Tadbirda bunday musobaqalar yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda intizom, masʼuliyat, iroda va jamoaviy hamkorlik könikmalarini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
[gallery-32396]
Yakuniy natijalarga köra, Termiz şahridagi 19-umumtaʼlim maktabining “Vatan tayançi” otryadi ğoliblikni qölga kiritib, musobaqa kubogi bilan taqdirlandi. Şuningdek, faol iştirokçilarga diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA