Termizda kasblar festivali tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryoda “Hayot maktabi – maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimi” shiori ostida kasblar festivali o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev, hududlardagi kasbga yo‘naltirish tizimi joriy etilgan maktab direktorlari, kasbiy ta’lim ustalari, amaliyotchi psixologlar hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Festival davomida kasb-hunarga o‘qitishni tashkil qilish bo‘yicha sho‘’ba yig‘ilishlari, tadbirkorlar, soha mutaxassislarining hamkorlikda amalga oshiradigan ishlari bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi.
[gallery-18800]
Yakunda kasbiy-ta’lim ustalari sertifikatlar bilan taqdirlandi. Qolaversa, sohadagi xizmatlari uchun Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi direktori Ixtiyor Ziyotovga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA