Termiz va Qo‘shrabotda haydovchilik guvohnomasi 700 dollarga pullanmoqda
Prokuraturaga ko‘ra:
-Qorao‘zak tumanida fuqarolar haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib berish evaziga jami 11 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
-Qo‘shrabot tumanida G.A.” MCHJga qarashli avto maktab o‘qituvchisi S.X. fuqaro S.A.ga ushbu avto maktabda o‘qiganligi haqida hujjat tayyorlab haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
-Termiz shaharida “T.A.” MCHJ direktori Sh.M. fuqaro K.T.ga 700 AQSH dollari evaziga “V,S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, oldindan 6,9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA