Termiz shahrini quyuq tuman qopladi
FOTOREPORTAJ
Bugun erta tongdan Termiz ahli tabiatning noodatiy manzarasiga guvoh bo‘ldi. Shaharga qalin tuman tushdi. Bu manzara ko‘rish darajasining sezilarli kamayishini hosil qilib, haydovchiyu piyodalarga noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Surxondaryoning geografik joylashuvi, Amudaryo yaqinligidagi namlik va haroratning keskin o‘zgarishi bu kabi tabiat hodisalarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, tunda haroratning pasayishi va namlikning kondensatsiyalanishi natijasida qalin tumanlar shakllanadi.
Bunday ob-havo sharoitida haydovchilar xavfsizlik choralarini kuchaytirgan holda harakatlanmoqda.
[gallery-20717]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA