Tennischilarimizning g‘alabasi
Mamlakatimiz tennischilari AQSh va Isroilda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi turnirlarda munosib qatnashmoqda.
Mamlakatimiz tennischilari AQSh va Isroilda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi turnirlarda munosib qatnashmoqda.AQShning Florida shtatida davom etayotgan nufuzli musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Turnirning yakkalik bahslarida sakkizinchi raqamda saralangan iqtidorli tennischimiz dastlab mezbonlar vakili Aleksandr Rotsayertni 7:5, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi uchrashuvda u yaponiyalik Yunosuke Tanakaga qarshi kortga chiqib, 6:1, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi hamyurtimiz Buyuk Britaniya vakili Rayan Jeyms Storriye bilan bahslashadi.
Tel-Aviv shahri mezbonlik qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirda Vlada Yekshibarova chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Yakkaliklar o‘rtasida oltinchi raqamda saralangan tennischimiz fransiyalik Eleonor Barrerni 6:0, 6:7, 7:6, germaniyalik Kim-Alis Graydekni 6:2, 6:3 hisobida yengdi. U chorak finalda isroillik Denis Hazanyukga qarshi kortga chiqadi.
V.Ekshibarova juftlik bahslarida rossiyalik Dariya Lodikova bilan hamkorlikda yaponiyalik Natsuxo Arakava va isroillik Noya Oxanani 6:0, 6:0, chorak finalda Shiran Arol Viyegand (Isroil) va Eleonor Barrerni (Fransiya) 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Vlada Yekshibarova va Dariya Lodikova yarim finalda mezbon tennischilar – Deniz Hazanyuk va Alona Pushkarevski bilan bahslashadi.