Tennischilarimiz Tailandda raqobatlashadi
Tailandning Nontaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan ayollar va erkaklar oʻrtasida “Fyuchers“ musobaqasi oʻtkazilmoqda.
Tailandning Nontaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan ayollar va erkaklar oʻrtasida “Fyuchers“ musobaqasi oʻtkazilmoqda.
Sovrin jamgʻarmasi 25,000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning ayollar oʻrtasidagi bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ishtirok etmoqda. Sabina musobaqada 6- raqamli tennischi sifatida saralandi va toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy toʻrga yoʻl oldi.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda isteʼdodli tennischilarimiz Sanjar Fayziyev va Sergey Fomin yakkalik va juftlik yoʻnalishlarida oʻz omadlarini sinab koʻrmoqda. Asosiy toʻrning qurʼa natijasiga koʻra, Sergey ilk davrada kanadalik Kelsi Stivensonga qarshi kortga chiqsa, Sanjar italiyalik Emiliano Majiolini sinovdan oʻtkazadi.