Tennischilarimiz ilk bahsga shay!
Bugun, 11 dekabr kuni Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan BAA va Pokistonda ayollar hamda erkaklar oʻrtasida “Fyuchers“ turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslari boʻyicha birinchi davra uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Dubayda oʻtayotgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova yakkalik bellashuvlarida vengriyalik Dalma Gafriga qarshi kortga chiqadi.
Mazkur musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova rossiyalik Aleksandra Panova bilan birgalikda ilk bosqichda fransiyalik Amandina Xesse va gollandiyalik Mishel Krajichekni sinovdan oʻtkazadi.
Islomobod shahrida erkaklar oʻrtasidagi tennis turnirida mamlakatimiz sharafini Shonigʻmatjon Shofayziyev va Saidaʼlo Saidkarimov himoya qilmoqda.
Shonigʻmatjon yakkalik bahslarining dastlabki bahsida eronlik Xamidreza Nadaf bilan, Saidaʼlo esa mezbon tennischi Xera Oshiq bilan raqobatlashadi.