Tennis: Humoyun Sultonov chorak finalda o‘ynaydi
Avstriyaning Klagenfurt shahrida tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaning nimchorak finalida H.Sultonov germaniyalik Luis Vessels bilan raqobatlashdi va 6:3, 3:6, 6:3 hisoda g‘alaba qozondi. Natijada tennischimiz turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. Endi Humoyun ushbu bosqichda germaniyalik tennischi Kalvin Myullerga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, agarda bugun bo‘lib o‘tadigan chorak finaldagi bahsda Humoyun Sultonov zafar quchsa, final ostonasida chexiyalik Rechek Dominik va germaniyalik Adrian Esbax to‘qnashuvi g‘olibi bilan o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA