Tender savdolarida raqobatga zid holatlar aniqlangan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarini yanada liberallashtirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, 823 ta holatda savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish aniqlandi. Shuningdek, 419 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik (ishtirokchilar o‘zaro kelishib olgan holda) raqobat muhitiga ta’sir etish hollari aniqlangan.
Qolaversa, 139 ta holatda buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan. 130 ta holat buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar fosh etilgan.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mirzohid Komilovning ma’lum qilishicha, ushbu davrda Qo‘mita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 101 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 67 ta tanlov (tender) savdoda 92 ta raqobatga zid holat aniqlangan.
Joriy yilning shu davrida Qo‘mita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 101 ta murojatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 67 ta tanlov (tender) savdolarida 92 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Qo‘mita mutaxassislari tomonidan huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda 2 406 ta xaridlar o‘rganilgan. Natijada 1 828 ta savdoda 1 978 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Qo‘mitaning belgilangan ish rejalariga muvofiq davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilgan 2 005 ta tanlov (tender) savdolari o‘rganilgan. O‘rganish ishlari natijasida 410 ta savdoda 441 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Aniqlangan qonunbuzilishlariga quyidagicha ta’sir choralari ko‘rilgan, 1 978 ta qonun buzilishi holatlari bo‘yicha huquqiy baho berish uchun huquq tartibot organlariga ma’lumotnomalar kiritilgan, 533 ta holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan 198 ta ish qo‘zg‘atilib, 185 ta buyurtmachiga ko‘rsatmalar berilgan, 123 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA