Temuriylar vorislari kelajakka intilmoqda
Jizzax shahridagi “Temuriylar izdoshi” nodavlat taʼlim muassasasi harbiy oʻquvchilari ham koronavirus pandemiyasi tufayli oilasi bagʻrida masofada turib saboq olmoqda.
Jizzax shahridagi “Temuriylar izdoshi” nodavlat taʼlim muassasasi harbiy oʻquvchilari ham koronavirus pandemiyasi tufayli oilasi bagʻrida masofada turib saboq olmoqda.
Bu borada nodavlat taʼlim muassasasi maʼmuriyati oʻquvchilarning uydan turib bilim olishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan.
Xususan,kunlik video darslar telegram tarmogʻiga joylashtirilib, oʻquvchilarning darslarni oʻzlashtirish holati onlayn tarzda nazorat qilib borilmoqda. Shu bilan birga telegram tarmogʻi yordamida bolalar bir-biri bilan oʻzaro fikr almashib,olgan bilimlarini mustahkamlab borishi uchun imkoniyat yaratilgan.

–Masofaviy taʼlim jarayoni pedagog va oʻquvchilar oʻrtasidagi yaqinlikni yana-da mustahkamladi, - deydi nodavlat taʼlim muassasasi oʻqituvchisi Dilshod Isakov. – Har bir oʻquvchi bilan alohida ishlab, ular bilan doʻstona muloqot olib borishga eʼtibor qaratganmiz. Buning samarasida oʻquvchilar mashgʻulotlar boʻyicha berilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarib, tengdoshlaridan ortda qolmaslik uchun harakat qilmoqda.
