Temuriylar davridagi ikkinchi uyg‘onish fenomeni (+video)
Amir Temur va Temuriylar davrida iqtisodiyot rivojlangani, ilm-fan, san’at-madaniyat gullab-yashnaganini bugungi ziyolilar tasdiqlaydilar va bu davr chinakamiga insoniyat tamaddunidagi ikkinchi Renessans deb baholangan.
O‘shanda san’at va adabiyotda, xususan, me’morchilikda yetti yuz yildan keyin ham yetib bo‘lmaydigan yutuqlar qo‘lga kiritilgandi.
Sohibqiron Amir Temur Sharq va butun jahon tarixida Ikkinchi Uyg‘onish davriga (Temuriylar Renessansiga) asos solgan buyuk siymo hisoblanadi. U nafaqat butunjahon imperiyasini, balki misli ko‘rilmagan ilm-fan va madaniyat markazini yaratdi.
Sohibqiron asos solgan bu davr tarixda ilm-fan, badiiy ijod va mumtoz me’morchilikning oltin asri sifatida muhrlangan. Bugungi lavhamizda Temuriylar Renessansiga aylangan davr haqidagi ma’lumotlarga batafsil to‘xtalamiz.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/04kfYPYdXyQ" title="Temuriylar davridagi ikkinchi uyg`onish fenomeni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA