Telegram orqali qarz so‘rashsa, ogoh bo‘ling! (+video)
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqin tanishlaringiz akkauntidan sizga “qisqa muddatga qarz ber”, “hisobim bloklandi”, “yozib yubor”, “juda kerak bo‘lib qoldi, axvolim og‘ir iltimos pul berib tur ” mazmunidagi xabarlar kelsa, ishonmang.
Ogoh bo‘ling!
Bugun sodda insonlarni yanada ishonarli tarzda aldashga urinayotgan firibgarlar ana shunday hujumlarni uyushtirishmoqda.
Xo‘sh, firibgarlarning bu hiylasiga tushmaslik uchun qanday yo‘l tutish lozim?
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati rahbari — Iroda Rasulova bu yuzasidan ma’lumot berdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5gKK_wEE59Q" title="Telegram orqali qarz so`rashsa, ogoh bo`ling! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, O‘zA