Tejamkor zamonaviy texnologiyalar
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zararkunandalarga qarshi agrotexnik, kimyoviy va biologik usulda qarshi kurashishning samarali tashkil etilishi tufayli yer unumdorligi va hosildorlik oshib, sifati yaxshilanmoqda.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zararkunandalarga qarshi agrotexnik, kimyoviy va biologik usulda qarshi kurashishning samarali tashkil etilishi tufayli yer unumdorligi va hosildorlik oshib, sifati yaxshilanmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ham ekologik toza va samarali biologik usuldan keng foydalanilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan entomofag – trixogramma, oltinko‘z va brakon kabi biomahsulotlar 25-30 daraja issiq xonada yetishtiriladi. Bunday issiqlikni yuzaga keltirish uchun anchagina yoqilg‘i, mehnat va vaqt sarflanadi. Sohada yo‘lga qo‘yilayotgan zamonaviy texnologiyalar – quyosh batareyasi yordamida isitilayotgan biolaboratoriyalar sarf-xarajatlarni tejash imkonini bermoqda.
– Loyiha qiymati 230 million so‘m bo‘lgan quyosh batareyalari biolaboratoriyalarni istishda har tomonlama qulay, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklarni himoya qilish markazi direktori O.Davletov. – Endi entomofaglarni zarur issiqlik bilan ta’minlash jarayoni komputer yordamida boshqariladi. Eng muhimi, mavjud 65 biolaboratoriyaning 15 tasida ana shu tejamli usuldan foydalanilmoqda. Biomahsulotni kerakli muddatgacha sifatli saqlash uchun foydalanilayotgan muzlatgichlar ham quyosh batareyasi yordamida ishlatilayotir.