TATU talabalari “Cyberkent” respublika tanlovi g‘olibi
Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS - 2023” II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tdi.
Unda Ummon, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Yaponiya, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq davlatning tartibga soluvchi organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Sammit doirasida “Cyberkent” respublika tanlovi ham tashkil etildi.

Mazkur tanlovning barcha yuqori o‘rinlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari qo‘lga kiritdi. G‘oliblar pul mukofotlariga ega bo‘ldi.
Shuningdek, hududlardan kelgan 10 ta jamoa orasida ham TATU talabalari jamoalar o‘rtasida eng yuqori o‘rinni egalladi.

N.Rahmonova, O‘zA