Taşrifdan taşrifgaça: Toşkent viloyati yangi taraqqiyot bosqiçida
Har bir hudud taraqqiyoti, avvalo, uning mavjud imkoniyatlaridan qay darajada samarali foydalanilayotgani, aholi turmuşida qanday özgarişlar yuz berayotgani bilan ölçanadi. Bu jihatdan Parkent tumanida keyingi davrda amalga oşirilayotgan işlar, iqtisodiy ösişni taʼminlaş, investitsiyalarni jalb etiş, turizm salohiyatini kengaytiriş va aholi bandligini oşirişga qaratilgan loyihalar eʼtiborga molik.
2025-yil 18-iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Parkent tumaniga taşrifi davomida hududning iqtisodiy va turistik imkoniyatlarini işga soliş, infratuzilmani rivojlantiriş, aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş böyiça qator vazifalar belgilab berilgan edi. Öşa taşrifda Parkentning toğli hududlari va tabiiy salohiyatidan foydalanib, turizmni rivojlantiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan edi. Bugun tumanda olib borilayotgan işlarga ana şu vazifalarning mantiqiy davomi sifatida qaraş mumkin.
Parkent iqtisodiyotida sanoat, investitsiya, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi va turizm asosiy ösiş nuqtalari sifatida belgilangan. 2026-yil yakuniga qadar sanoat işlab çiqariş hajmini 1,6 trillion sömga, quriliş işlarini 1,5 trillion sömga, xizmatlar hajmini 2,6 trillion sömga, çakana savdo aylanmasini 1,7 trillion sömga yetkaziş közda tutilgan. Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmi böyiça esa 4,2 trillion sömlik marra belgilangan. Bu körsatkiçlar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ösişni taʼminlaş bilan birga, yangi iş örinlari va aholi daromadlarini oşiriş uçun ham zamin yaratadi.

Ötgan davrda tumanga 60,7 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan. Yil yakunigaça yana 8 ta investitsiya loyihasini işga tuşiriş va ular hisobiga 750 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Bu borada “Parkent Farm” erkin iqtisodiy zonasi muhim örin tutadi. Unda umumiy qiymati 52 million dollar bölgan 14 ta loyihani amalga oşiriş, natijada 967 ta iş örni yaratiş közda tutilgan. Şuningdek, qiymati 25 million dollar bölgan “GREAT KOMAX” korxonasining ruda işlab çiqariş loyihasi ham istiqbolli taşabbuslardan biri hisoblanadi. Loyiha işga tuşirilişi natijasida 70 ta doimiy iş örni yaratilişi va byudjetga 18 milliard söm qöşimça tuşum taʼminlanişi kutilmoqda.
Demak, Parkentda investitsiya siyosati faqat mablağ jalb etiş bilan çeklanmayapti. Uning muhim natijasi sifatida işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, yangi korxonalarni işga tuşiriş, aholi bandligini taʼminlaş va mahalliy byudjet daromadlarini oşiriş vazifalari ham közda tutilgan.

Parkentning iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan yana bir muhim tarmoq – qişloq xöjaligi. Bu yerdagi boğdorçilik va uzumçilik anʼanalari, tabiiy-iqlim şaroiti sohani yanada rivojlantiriş uçun imkoniyat yaratadi. Joriy yilda 16,3 ming gektar maydonda yangi boğ va tokzorlar taşkil etilgan, 3,4 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan. Çorvaçilik, parrandaçilik va asalariçilik yönalişlarida 13 ta loyiha amalga oşirilgan. Bu yil oxirigaça yana 2 ming gektar maydonda intensiv boğ va tokzorlar barpo etiş rejalaştirilgan.

Endilikdagi asosiy vazifa faqat ekin maydonlarini kengaytiriş emas, balki har bir gektardan olinadigan daromadni oşiriş, yetiştirilgan mahsulotni qayta işlaş va bozorga tayyor mahsulot sifatida çiqarişdan iborat. Şu nuqtai nazardan, Parkentda uzumni qayta işlaş, quritiş, saralaş va qadoqlaşga ixtisoslaşgan loyiha alohida ahamiyatga ega. Bunday taşabbuslar qişloq xöjaligi mahsulotlarini xomaşyo sifatida sotişdan köra, ularni qayta işlab, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotga aylantiriş imkonini beradi.
Hududning eng katta ustunliklaridan biri uning tabiiy manzaralari, toğli hududlari, sölim qişloqlari va öziga xos sayyohlik maskanlaridir. 2025-yilgi davlatimiz rahbarining taşrif davomida ham aynan şu salohiyatdan samarali foydalaniş masalasiga alohida eʼtibor qaratilgandi.

Öşa paytda Kumuşkonda 80 dan ortiq mehmon uyi faoliyat yuritib, yiliga 172 ming nafar sayyohga xizmat körsatayotgani qayd etilgan. “Oltin bel hududidagi turistik loyihalar, Parkentsoy böyidagi infratuzilmani yaxşilaş va yangi dam oliş maskanlarini taşkil etiş böyiça vazifalar belgilangan edi.
Hozir ham tumanda turizm xizmatlari kölami kengayib bormoqda. Joylarda 144 ta mehmon uyi, 100 ta oilaviy dam oliş maskani, 3 ta yangi turizm obʼekti hamda 50 ta ovqatlaniş va servis şoxobçasi taşkil etilgani qayd etilgan. 2026-yilda tumanga 249 ming nafar sayyoh jalb qilingan. Yil yakuniga qadar bu körsatkiçni 1 million nafarga yetkaziş maqsad qilingan.

Turizmni mahalliy aholi daromadining muhim manbaiga aylantiriş maqsadida Söqoq, Zarkent va Kumuşkon mahallalarida “Parkent Guest House” yagona brendi ostida eko va etno-mehmonxonalar klasterini taşkil etiş taklifi ham ilgari surilyapti. Unga köra, 120 ta xonadonni bosqiçma-bosqiç oilaviy mehmon uylariga moslaştiriş, yagona standart asosida jihozlaş, xonadon egalariga servis va mehmon kutiş böyiça öquvlar taşkil etiş, onlayn bronlaş va tölov platformasini işga tuşiriş nazarda tutilgan.
Şuningdek, turistlarni jalb qiliş imkoniyatini 2,5 barobargaça oşiriş maqsad qilingan.
Bu taşabbusning ahamiyati şundaki, turizmdan keladigan iqtisodiy samara faqat yirik majmualar yoki mehmonxonalar bilan çeklanmaydi. U mahalladagi xonadonlar, hunarmandlar, ovqatlaniş şoxobçalari, transport va boşqa xizmat körsatuvçi subʼektlar daromadiga ham taʼsir körsatadi.

Parkentning keyingi taraqqiyot bosqiçida bir-biri bilan uzviy boğliq uçta yönaliş muhim ahamiyat kasb etadi. Birinçisi – sanoat va investitsiya. Ikkinçisi – yuqori daromadli qişloq xöjaligi. Intensiv boğ va tokzorlarni kengaytiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, yetiştirilgan mahsulotni qayta işlaş va eksportga yönaltiriş orqali tarmoq samaradorligini oşiriş közda tutilmoqda. Uçinçisi – turizm va xizmatlar sohasi. Bunda hududlarning imkoniyatlarini yagona turistik yönalişlar asosida rivojlantiriş, oilaviy mehmon uylari tarmoğini kengaytiriş, mahalliy aholini servis sohasiga jalb qiliş muhim vazifalardan hisoblanadi.
Bularning barçasi bir maqsadga – hududning iqtisodiy salohiyatini aholi farovonligiga xizmat qildirişga qaratilgan. Zero, yangi korxona işga tuşişi, eksport hajmi ortişi yoki sayyohlar oqimining köpayişi öz-özidan yakuniy natija emas. Ularning ahamiyati yaratilgan iş örinlari, oilalar daromadi, mahalliy byudjet imkoniyatlari va aholi turmuşidagi ijobiy özgarişlar bilan namoyon böladi.

Prezidentimizning 2025-yilgi taşrifida belgilangan vazifalar, bugun amalga oşirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar Parkent taraqqiyotining izçil jarayon ekanini körsatadi. Navbatdagi taşrif arafasida esa erişilgan natijalarni xolis baholaş, hali işga solinmagan imkoniyatlarni aniqlaş va yangi vazifalarni belgilaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Taşrifdan taşrifgaça bölgan davr bu, avvalo, belgilangan vazifalarning amaldagi natijalarga aylaniş davridir. Parkent uçun ham bu jarayonning boş mezoni iqtisodiy ösiş bilan birga, odamlar hayotida seziladigan özgarişlar bölib qoladi.
Abdulaziz Musayev, ÖzA muxbiri