“Tashabbusli byudjet”da jamoatchilik nazorati kuchaymoqda (+video)
Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 13 yanvardagi34-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonlariga bir qancha o‘zgarishlar kiritildi. Maqsad joylardagi infratuzilma loyihalarining qamrovini kengaytirish, barcha uchun teng sharoitlarni yaratishga qaratilgandir. Muhimi ushbu loyihalarga ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha ham o‘zgarishlar bo‘ldi.
Joriy yilgi “Tashabbusli byudjet”ning 2 mavsumiga 15 iyul kunidan start berilib, 3 avgust kuniga qadar taklif berish bosiqichi yakunlandi. 4-18 avgust kunlari saralash bosqichi davom etmoqda.
Xullas navbatdagi bosqich va taklif qilinayotgan loyihalar, ajratilayotgan mablag‘ va eng muhimi ushbu mablag‘larning oqilona va samarali sarflanishi ustidan o‘rnatilgan shaffof nazorat mexanizmlari xususida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi Habibullo Hamidov bilan suhbatlashdik.
- Aytinchi bu galgi “Tashabbusli byudjet”ning saralash bosqichida qaysi yo‘nalishlardagi loyihalar ustuvorlik kasb etdi?
- Dastlabki taklif kiritish jarayonida tashabbuskor fuqarolarimiz tomonidan jami 22 mingdan ortiq o‘zida ijtimoiy muammolarni mujassam etgan takliflarni ilgari surishdi. Hozirgi kunda ana shu takliflarni ovoz berish jarayoniga saralab o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. 18 avgustga qadar ushbu moderatsiya jarayonlari davom etadi. Undan so‘ng 3 kunlik targ‘ibot bosqichi bor. Targ‘ibot bosqichida ham tashabbuskor fuqarolarimiz faol ishtirok etishadi. Avvallari ovoz berish jarayonlari 20 kun davom etgan bo‘lsa, ko‘pchilik fuqarolarimizning taklifi bilan bu muddat 10 kunga qisqartirildi. Shu jumladan, fuqarolarimizga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha targ‘ibot bosqichi yo‘lga qo‘yildi. 3 kunlik targ‘ibot bosqichidan so‘ng 22 avgust kuni fuqarolarimiz o‘zlarining takliflariga ovoz yig‘ishni boshlaydilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5qJ7kG9l6H4" title="“Tashabbusli budjet”da jamoatchilik nazorati kuchaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA