“Tashabbuslar marafoni”ga start berildi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berildi.
Tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan marafon yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi
Shuningdek, dasturlar davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu yirik marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA