Tarixiy binoda zamonaviy muzey
Samarqand viloyatining Bulunğur tumanidagi sobiq çerkov binosi töliq qayta taʼmirlanib, etnografik va tabiatşunoslik muzeyi taşkil etildi.
XIX asr oxiri va XX asr boşlarida barpo etilgan binodan dastlab çerkov, söngra maktab sifatida foydalanilgan. Lekin keyinçalik bino qarovsiz holga kelib qolgan. Davlatimiz rahbarining tegişli qarori asosida uç milliard söm mablağ ajratilib, binoda restavratsiya, taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.

Tarixiy qiyofa va öziga xos meʼmoriy xususiyatlari tiklangan mazkur binodan endilikda Bulunğurning boy tarixi, etnografik merosi va tabiatini aks ettiruvçi etnografiya va tabiatşunoslik muzeyi sifatida foydalaniladi. Muzeyda tuman hududidagi Şeroz qalʼa arxeologik yodgorligi va boşqa tarixiy obidalardan topilgan noyob eksponatlar, şuningdek, hududning tabiati va etnografiyasiga oid aşyolar töplanmoqda.

Muzeyning oçiliş marosimida Bulunğur tuman hokimi S.Astonov, Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi raisi, akademik I.Valixöjayev sözga çiqib, yillar davomida qarovsiz holda bölgan tarixiy inşoot Bulunğurning ötmişi, milliy qadriyatlari va tabiiy boyliklarini namoyon etuvçi maʼnaviy-maʼrifiy maskaniga aylanişini taʼkidladilar.

Oçiliş marosimi doirasida muzeyning körgazmalar zalida rassom Mustafo Rasulovning ijodiy işlari ham namoyiş etildi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri