Tanzaniyada 62 ming bosh jonivor nobud bo‘lgan
Afrika qit’asi sharqiy qismida, Hind okeani qirg‘og‘ida joylashgan Tanzaniya davlati shimolida - Manyara hududida uzoq vaqt davom etgan qurg‘oqchilik minglab hayvonni halok qilgan. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari orasidagi manbaga tayanib «Sinxua» muxbiri ma’lum qildi.
Simanjiro okrugi kengashi rahbarining o‘rinbosari Sendeu Layzerning so‘zlariga qaraganda aniq hisob-kitob bo‘yicha 62 585 bosh hayvonot olami vakili jazirama qurboniga aylangan. Halokatga uchragan jonivorlar orasida yirik shoxli mollar, qo‘y-qo‘zi va echkilar bor.
Mulozimning ta’kidlashicha, o‘ta quruq, issiq havo tufayli chorvadorlar podasini nisbatan qulay, ya’ni birmuncha suv, o‘t-o‘lan zaxirasiga ega tumanlarga haydab ketishga majbur bo‘lishmoqda.