Tanlov g‘oliblari aniqlandi (+video)
Bu yildan boshlab har yili yanvar-mart oylari davomida respublikamizning barcha umumta’lim maktablarining yuqori sinf hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Ushbu tanlov yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ekologik qonunlardan boxabarligini, shuningdek, atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmasliklarini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Yakuniy bosqichda jamoalar Urganchda bellashuv o‘tkazdilar. 4 ta shart bo‘yicha har bir hudud jamoasi sahna ko‘rinishlari va ekologiyaga oid savollarga javob berdilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zhnoBnXTV0Y" title="Tanlov g‘oliblari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Abror SODIQOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV, O‘zA