Ta’lim va tarbiya sifati yanada yuksaladi
Andijon viloyati Izboskan tumanida «Maktabgacha ta’lim tizimi: kecha va bugun» mavzusida seminar o‘tkazildi.
Andijon viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Izboskan tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda pedagog kadrlar malakasini oshirish, faoliyatga yangi, innovatsion usullarni joriy etish, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim berish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.
bugungi kunda Andijon viloyatida 1 ming 631 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Shundan 532 tasi davlat, 25 tasi xususiy, 929 tasi oilaviy nodavlat, 145 tasi davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.

– Ayni kunda viloyatdagi bog‘cha yoshidagi bolalarning 60 foizi ta’lim muassasalariga jalb etilgan, - deydi viloyat Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlig‘i Azizbek Azimov. - Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarni har jihatdan yetuk va barkamol tarbiyalash, ularda boshlang‘ich ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, xususan, pedagog kadrlarning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.
Seminar qatnashchilari tumandagi 5-, 6- davlat hamda «Afsona bolajon» deb nomlangan davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati, ushbu muassasalarda mutaxassislar malakasini, tarbiyaviy ishlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.
Seminar davomida mutaxassislar hamda ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar, tarbiya va ta’lim sifatini yanada yuqori bsqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA