Talabgor jamoalar sinovdan o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.
Bellashuv “Turon” xalqaro universiteti mezbonligida tashkil etildi. Uni viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi hamda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Tanlov jarayonida jamoalarning lug‘at boyligi, grammatika va o‘qib tushunish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar 36 ta test savoli va yozma ishni 2 soat davomida bajarishi belgilangan.
[gallery-29173]
Viloyat bosqichi yakuniga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. Shuningdek, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalarga mos ravishda 250, 200 va 150 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini topshiriladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA