Talabalar yotoqxonasiga maishiy texnikalar berildi
Toshkent davlat transport universitetida prokuror va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Transport prokuraturasi prokurori Ma’rufxon Xo‘jayev universitet talabalari bilan muloqot qildi.
M.Xo‘jayev dastlab universitet rektori Odil Abdurahmanov hamrohligida talabalar shaharchasidagi sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, madaniy dam olish xonasi, oshxona, kir yuvish va quritish kabi xonalar ko‘zdan kechirildi.


Universitet yotoqxonalarida kelgusida talabalar uchun tunu kun xizmat qiladigan kutubxona, oshxona va tibbiy xizmatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
– Bugun universitetimiz yotoqxonalarida 61 nafardan ziyod talabalar yashab, ta’lim olmoqda, – dedi universitet rektori. – Yangi o‘quv yilidan ushbu talabalarni universitetning bo‘sh va talabalar bajara oladigan ish joylariga joylashtirish niyatimiz bor. Shu sabab universitetda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha qator choralar ko‘rilayapti.
Uchrashuv yakunida prokuror tomonidan talabalar turar joyi uchun maishiy texnika anjomlari sovg‘a sifatida topshirildi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA