Talabalar turar joylari tezkor o‘rganildi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq va internet saytlari orqali talabalar turar joylarida joylar cheklangani, oliy ta’lim muassasalari talabalarga sababsiz yotoqxonalardan joy bermayotganiga oid xabarlar tarqaldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazdi, deya ma’lum qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, vazirlik mas’ul rahbarlaridan iborat tezkor guruh bir qator oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarida talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Vazir Abduqodir Toshqulov xonalarda 2 qavatli krovatlar sonini ko‘paytirish evaziga o‘rinlar sonini oshirish taklifini berdi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA