Takomillashgan ingliz tili saboqlari
Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 5-umumta’lim maktabida navqiron avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlar muhayyo.
1 ming 490 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan ta’lim maskanida darslar zamonaviy ta’lim andozalari asosida, ko‘rgazmali qurol va innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilgan holda olib borilmoqda. Maktabda Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida xorijiy tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilgan. Og‘zaki nutq, interfaol o‘yinlar tarzidagi ingliz tili saboqlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.