Tailanddagi xayriya yarmarkada portlash sodir bo‘ldi
Tailand shimoli-g‘arbidagi Tak muzoftida “Qizil Xoch” xayriya yarmarkasida yuz bergan portlash oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Thairath” gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, voqea juma kuni mahalliy vaqt bilan 23:30 da sodir bo‘lgan. Politsiya gumonlanuvchi sifatida ikki o‘smirni qo‘lga oldi, ular portlovchi qurilmani ishga tushirgan bo‘lishi mumkin.
M.Pirmatova, O‘zA