Taekvondochilarimiz jahon reytingidagi o‘rni qanday?
Butunjahon taekvondo federatsiyasi 2026-yil avgust oyi uchun jahon reytingining yangilangan talqinini e’lon qildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bir qator vazn toifalarida yuqori natijalarni qayd etgan.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 54 kg vazn toifasida Jahongir Xudoyberdiyev 23,20 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Yosinbek Odilov 6,48 ochko bilan 32-pog‘onadan joy oldi. 63 kg vaznda Nazarali Nazarov 15,60 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. 68 kg vazn toifasida Omadbek Otabekov 23,02 ochko bilan 10-o‘rinni egalladi, Naymiddin Qosimxo‘jayev 21,60 ochko bilan 13-o‘rinni, Diyorbek To‘xliboyev esa 14,25 ochko bilan 21-o‘rinni band etdi.
Shuningdek, 74 kg vaznda Mironshohmirzo Muzaffarov 23,51 ochko bilan 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 80 kg vazn toifasida Jasurbek Jaysunov 42,27 ochko bilan 4-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Ahadjon Muxtorov 12 ochko bilan 28-o‘rinda turibdi. 87 kg vaznda Yodgorbek Jo‘raboyev 6 ochko bilan 19-o‘rinni egallagan bo‘lsa, +87 kg vazn toifasida Marat Mavlonov 33,60 ochko bilan 5-o‘rindan joy oldi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 53 kg vaznda Laylo Hasanova 15,76 ochko bilan 10-o‘rinni qayd etdi. 57 kg vazn toifasida Shabbona Abduvaliyeva 16,08 ochko bilan 21-o‘rinda, Madina Mirzabirova esa 14,83 ochko bilan 23-o‘rinda bormoqda. 62 kg vaznda Mohidil O‘ktamjonova 13,03 ochko bilan 13-o‘rinni, Sevinch Hayitova 11,18 ochko bilan 15-o‘rinni egallagan. 67 kg vazn toifasida esa Ozoda Sobirjonova 33,28 ochko bilan 7-o‘rinda qayd etilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA