Taekvondo WT bo‘yicha sentabr oyi jahon reytingi e’lon qilindi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi avgust oyi yakunlari bo‘yicha jahon reytingini yangiladi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir qator vakillari o‘z vazn toifalarida yuqori o‘rinlarni egalladi.
E’tiborlisi mazkur reytingda 80 kilogramm vazn toifasida Jasurbek Jaysunov 72,27 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. +87 kilogramm vazn toifasida Marat Mavlonov 44,40 ball jamg‘arib, uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Quyida qolgan taekvondochilarimizning reytingdagi o‘rinlari bilan tanishasiz:
Erkaklar:
54 kg: 7. Jahongir Xudoyberdiyev — 29,68 ball, 24. Yosinbek Odilov — 12,96 ball;
63 kg: 9. Nazarli Nazarov — 22,08 ball;
87 kg: 9. Yodgorbek Jo‘raboyev — 24 ball, 25. Shohjahon Karimboyev — 8,64 ball;
74 kg: 10. Mironshohmirzo Muzaffarov — 23,51 ball, 14. Najmiddin Qosimhojiyev — 19,51 ball, 46. Ahadjon Muxtorov — 6,48 ball;
68 kg: 13. Omadbek Otabekov — 27,56 ball, 23. Diyorbek To‘xliboyev — 20,73 ball, 29. Shohjahon Ahmedov — 18 ball.
Ayollar:
67 kg: 7. Ozoda Sobirjonova — 57,33 ball, 43. Jasmina Turlibekova — 11,60 ball;
57 kg: 8. Shabbona Abduvaliyeva — 36,96 ball;
+73 kg: 12. Svetlana Osipova — 32,99 ball, 17. Iroda Mirtojiyeva — 24,48 ball;
53 kg: 13. Laylo Hasanova — 21,81 ball;
62 kg: 13. Mohidil O‘ktamjonova — 25,56 ball.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA