Tadbirkorlarga qaysi soha koʻproq yoqadi?
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bois yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, xususiy kapitalni faol jalb qilgan holda yangi ish oʻrinlari yaratish alohida eʼtiborda.
Albatta, berilayotgan imtiyozlar va yaratilayotgan imkoniyatlar oʻz samarasini bermoqda.
Davlat statistika qoʻmitasining matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, tadbirkorlik subyektlari soni 394 ming 234 tani tashkil etmoqda. Shundan 88 ming 855 tasi xususiy korxona hisoblanadi.
Yurtimizdagi xususiy korxonalar sonining yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida boʻlib, 12 ming 779 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, Fargʻona viloyatida 10 523 ta, Qashqadaryo viloyatida 9 015 ta, Namangan viloyatida 7 173 ta, Surxondaryo viloyatida 6 991taga yetdi.
Mazkur korxonalar turli yoʻnalishda xizmatlar koʻrsatmoqda. Misol uchun, eng iqtisodiy faoliyat turi savdo yoʻnalishida boʻlib, ularning soni 33 ming 457 ta ekanini koʻrish mumkin. Shunga mos ravishda sanoatda 16 mingta, qurilishda 7 tadan ortiq, mehmonxona va ovqatlanisha xizmatlarda 7 ming 725 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.