Tadbirkorlar – yurt taraqqiyotining ishonchli tayanchi
Navoiy viloyati hokimligida Prezidentimizning “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra taqdirlangan bir guruh tadbirkorlarga mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz hamda viloyatimiz faollari ishtirok etgan tantanali marosimda mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.
Unda viloyat hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar va tadbirkorlik sohasidagi faol fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tiborni alohida qayd etib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlarimizning yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb etish va aholi farovonligini oshirishdagi mehnati alohida e’tirofga loyiq.
Joriy yilda Yurtboshimiz farmoniga ko‘ra “Gidro stanko servis” MCHJ rahbari Baxtiyor Hamroyev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari Mohichehra Norboyeva va Xatirchi tumanidagi “Sultonali Javohir” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Inobat Olimova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, Navoiy shahridagi “Golden lift” MCHJ ta’sischisi Jo‘raboy Jiyanov, Karmana tumanidagi “Metall mahsulot zavodi” MCHJ ta’sischisi Sherzodxo‘ja Temirov, Konimex tumanidagi “Navoiy dizayn plyus” MCHJ rahbari Navro‘z Haydarov, Navoiy shahridagi “Navoiy montaj avtomatika” MCHJ rahbari Firdavs Husainov, Qiziltepa tumanidagi “Akobir Marjona orzusi” MCHJ rahbari Ulash Shomiyevalar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lishdi.






Tadbirda bir guruh tadbirkorlar so‘zga chiqib, yuksak ishonch, e’tibor va mukofot uchun o‘z minnatdorligini bildirishdi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri