Tadbirkorlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirmoqda
FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, joriy yilning avgust oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi.
Tadbirga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan belgilangan reja-grafikka asosan, ochiq muloqot o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Muloqotlar chog‘ida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham bevosita hamda onlayn tarzda ishtirok etib, o‘zlarining sohaga doir tizimli muammolari, taklif va tashabbuslarini bildirmoqda.
[gallery-18142]
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida tadbirkorlar murojaatini o‘rganish yuzasidan shtab tashkil etilgan. Shuningdek, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan telegram guruhida tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlari qabul qilinib, ularga tegishlicha ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA